Jamiyat | 00:45 / 08.08.2016
8542
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada Nobel mukofoti laureati kimyogar Ahmad Zevayl dafn etildi

Foto: © AP


Misrlik olim, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Ahmad Zevayl Qohirada harbiy izzat-ikrom bilan dafn etildi, dafn marosimini Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy boshqardi. Bu haqida RIA “Novosti” ma'lum qildi. 

O‘tgan seshanba kuni AQShda halok bo‘lgan olimning tanasi Qohira masjidlaridan birining maydoni bo‘ylab olti otga biriktirilgan aravada olib o‘tildi. Dafn marosimida prezident gvardiyasining faxriy qorovuli ishtirok etdi, shuningdek mamlakatning milliy madhiyasi yangradi. Arava ortidan Misr rahbariyati va Zevaylning qarindoshlari ergashishdi.  

Zevayl 1999 yilda kimyo sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan. Amerika fuqaroligini olgan olim umrining so‘nggi yillarida AQShda yashab, o‘sha yerda faoliyat olib borgan. 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid