Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyalik bokschi Olimpiada bahsidagi mag‘lubiyatining sababini topdi
Rioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks bo‘yicha musobaqasi chorak final jangida rossiyalik Vladimir Nikitinga imkoniyatni boy bergan irlandiyalik charm qo‘lqop ustasi Maykl Konlan, prezident Vladimir Putin, muhim g‘alabani naqd qilish uchun Xalqaro havaskor bokschilar federatsiyasi (AIBA)ga qancha berganiga hazil aralash qiziqib ko‘rgan.
«Ular (AIBA) sendan qancha olishdi?», — deb yozgan Konlan Twitter sahifasida.
Olimpiya turnirining chorak finalida 56 kggacha vazn toifasida ishtirok etgan Nikitin Konlanni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Endilikda rossiyalik bokschi yarim finalda amerikalik Shakur Stivenson bilan kuch sinashadi.
Avvalroq, ukrainalik bokschi Jan Belenyuk yunon-rim kurashi bo‘yicha 85 kggacha vazn toifasi finalidagi mag‘lubiyatida «Rossiya lobbi»sini ayblagandi. U, rossiyalik kurashchi Davit Chakvetadzega 2:9 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025