Sodda odamlarni aldab yurgan firibgarlar guruhi qo‘lga olindi
Samarqandlik J.G va I.Q. bir necha fuqaroga go‘yoki Samarqand viloyatidagi qo‘shma korxonada ishlashini aytib, ularni ushbu korxona filialiga ishga joylashtirib qo‘yishini va'da qilishadi. Buning evaziga fuqaro M. Hamiddan 5000 AQSh dollari, D.Bahodirdan 2000 AQSh dollari O.Temirdan 10000 AQSh dollarini olishadi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.
Oradan ancha vaqt o‘tib, chet eldagi korxonaga ishga joylashishni orzu qilib yurgan fuqarolar aldanganini, firibgarlarning tuzog‘iga tushishganini anglab yetishadi.
Jabrlanuvchilarning murojaatidan so‘ng ichki ishlar idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishdi. Ma'lum bo‘lishicha, firibgarlar pullarni allaqachon o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan ekan. Firibgarlar qo‘lga olinib, ular ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:00
Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlar rahbarlari kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
07:15 / 02.10.2024
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
07:10 / 02.10.2024
Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi
12:40 / 01.10.2024