Sport | 07:27 / 20.08.2016
15412
2 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: Rossiyalik kurashchi og‘ir jarohati bilan finalda ishtirok etdi

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada erkin kurash bo‘yicha 74 kg vazn toifasida kumush medal sohibi bo‘lgan Aniuar Geduyev final bahsida yarim finalda olgan jarohati bilan eronlik Hasan Yazdaniyga qarshi bellashdi. Geduyevning yarim finalda olgan jarohati uning oltin medalni qo‘lga kiritishida pand bergan omil bo‘ldi. 

Yarim finaldan keyin sportchining boshidan qon keta boshlagan. Hakamlar uni umuman final bahsiga qo‘ymoqchi bo‘lmaganlar. Biroq uning boshi yaxshilab bintlangandan keyin unga finalda ishtirok etishga ruxsat berilgan.   

"Yarim finaldan keyin Aniuarda qattiq qon keta boshladi. Biz Olimpiya qishlog‘iga borib, jarohatini tiktirib keldik. Musobaqalarning bosh shifokori uni boshini bo‘yni bilan zich qilib bintlab qo‘yishimizni talab qildi. Yo‘qsa Aniuar finaldan olinishi aytildi. Shuning uchun u nafas olishga qiynaldi. Eronlik ham ataylab uning qon oqayotgan ko‘ziga qarshi ishladi", deb aytmoqda sportchining murabbiyi Aleksey Kaziyev.
 
Geduyev bellashuvning oxirgi daqiqalarida bo‘ynidagi bog‘lam nafasini siqa boshlagani sababli deyarli nafas ololmay va chap ko‘ziga jarohati sababli ko‘rmay qolgan. 

 

Mavzuga oid