Hasanboy Do‘stmatov professional shartnoma imzoladi
Riodagi Olimpiada chempioni, o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘stmatov Janubiy Afrika Respublikasining Golden Gloves promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, professional bokschiga aylandi. Bu haqda ESPN telekanali ma'lum qildi.
Kelishuv shartlari oshkor qilinmagan.
"Bu yigitga qarab, u bunchalik yaxshiligiga ishonmaysan. Gennadiy Golovkin sharqiy yevropalik bokschilarga G‘arbda superyulduzlar bo‘lishga yo‘l ochib berdi. Biz shu ishni ajoyib bokschi bo‘lgan Hasanboy bilan ham amalga oshirmoqchimiz. U boks tushunchalariga ko‘ra, havaskor emas, balki to‘laqonli bokschidir", deb aytdi Golden Gloves rahbari Rodni Berman.
Bermanning aytishicha, Do‘stmatov professional ringdagi birinchi jangini joriy yilning dekabrida JARda o‘tkazadi, 2017 yilda esa uning 3 ta jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024