Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Germaniyada Turkiyaning olti mingdan ziyod agenti ishlamoqda
Die Welt gazetasining nomi e'lon qilinmagan manbaga asoslanib xabar berishicha, Turkiya razvedkasi bo‘lmish MIT Germaniyada juda katta xabarchilar tarmog‘iga ega. Ma'lumotlarga ko‘ra, gap olti mingdan ziyod ayg‘oqchi haqida bormoqda.
Germaniya xavsizlik masalalari bo‘yicha ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hech kim shu paytga qadar Germaniyada bunchalik ko‘p xabarchi to‘play olmagan edi.
Germaniyadagi “yashillar” partiyasi deputati Xans-Kristian Shtrebelning so‘zlariga ko‘ra, turk razvedkasi “misli ko‘rilmagan yashirin ishlarni amalga oshirmoqda”. U Germaniya konstitutsiyasini qo‘riqlovchi tashkilotlar, federal razvedka xizmati va politsiyaga Turkiya bilan munosabatlarni zudlikda ko‘rib chiqish kerakligini tavsiya etgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025