Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp ilovasi Facebook foydalanuvchilarining telefon raqamlarini topshiradi
WhatsApp mesenjyeri Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali foydalanuvchilarning shaxsiy telefon raqamlarini topshirishni rejalashtirayapti, deb yozmoqda Telegraph nashri.
Ilovaning maxfiylik borasidagi yangi qoidalariga ko‘ra, WhatsApp va Facebook tarmoqlaridagi sahifalarni birinchi ulanishdayoq birlashtirish mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, ijtimoiy tarmoq, foydalanuvchilarning aloqalar ro‘yxatidagi raqam egalarini do‘stlar ro‘yxatiga qo‘shishni taklif eta boshlaydi.
«Facebook tarmog‘i bilan aloqani kengaytirish vositasida aniqroq ma'lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Bundan tashqari, odamlar ilovadan naqadar ko‘p foydalanayotganini kuzatish barobarida spamlarga qarshi samaraliroq kurasha olamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.
Facebook kompaniyasi esa, telefon raqamini oshkor qilmasliklarini va raqamni foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ko‘rsatmasligini ta'kidlashmoqda.
Mavzuga oid
17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi
13:26 / 20.02.2025