Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi o‘n yadroli smartfonini namoyish etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi, hamyonbop smartfonini taqdim etdi. Redmi Note 4 telefonining o‘ziga xos jihati-uning 10 yadrolik protsessorga egaligida.
Shunday qilib, Xiaomi Redmi Note 4 smartfoniga o‘n yadrolik MediaTek Helio X20 protsessori o‘rnatilgan. Shu bilan birga, qurilmaning operativ xotirasi 2 yoki 3 GB, ichki xotirasi 16 yoxud 32 GBlik bo‘ladi. Telefon Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi.

Smartfon korpusi temir parchasidan yasalgan bo‘lib, orqa qopqog‘ida barmoq izlarini skanlash tizimi mavjud. 5,5-dyuymli displey Full HD (1920x1080 piksel) tasvirlarni qo‘llaydi va 2,5D sensor oyna bilan himoyalangan. Mobil qurilma 4100 mAs quvvatli batareya va microSD xotira kartasi uchun joyga ega.
Xiaomi Redmi Note 4 Xitoy bozorida 899 yuan (kichik modeli) va 1199 yuandan (katta modeli) sotiladi.


Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
16:47 / 19.03.2025