Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yana terakt. 11 kishi halok bo‘lib, 78 kishi jarohatlandi
26 avgust, juma kuni Turkiya janubi-sharqidagi Shirnak viloyatining Jizra shahrida joylashgan politsiya nazorat-o‘tkazish punktida portlash sodir etildi.
Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, portlash oqibatida 11 nafar politsiya xodimi qurbon bo‘ldi, yana 78 kishi jarohat olgan holda shifoxonaga yotqizildi.
Aniqlik kiritilishicha, portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil portlagan. Portlash yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punkti joylashgan bino butunlay vayron bo‘lgan.

Turkiyaning Shirnak viloyati Suriya va Iroq bilan chegaradosh bo‘lib, u yerda asosan kurdlar istiqomat qiladi.
Turkiya hukumati bu terakt uchun javobgarlikni Kurdiston ishchilar partiyasi zimmasiga yuklamoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
09:30 / 24.04.2025