Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya erkin savdo muzokaralari aybdorini ma'lum qildi
AQSh Transatlantika savdo va investitsiya hamkorligi bo‘yicha muzokaralarda YeIning eng minimal standartlariga rioya qilishni ham xohlamadi, deya bayonot bergan GFR vitse-kansleri, iqtisodiyot vaziri Zigmar Gabriel. TASS agentligining xabar qilishicha, hozircha, Bryussel Vashingtonni rasman xabardor qilmagan bo‘lsa-da, muzokaralar to‘xtatilgan.
Agar Amerika tomonining qarashi, prezidentlik saylovidan keyin ham o‘zgarmasa, Transatlantika erkin savdo kelishuvi ham bo‘lmaydi, deb ta'kidlagan Gabriel.
Avvalroq, Fransiya tashqi savdo masalalari bo‘yicha davlat kotibi Mattias Fekl, rasmiy Parij Yevropa Komissiyasidan AQSh va YeI mamlakatlari o‘rtasida erkin savdo hududini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni butunlay to‘xtatishni talab qilishini bildirgan edi.
Iyul oyi o‘rtalarida, Fransiya hukumatining Yevropa ishlari davlat kotibi Arlem Dezir, Transatlantika erkin savdo va investitsiyalar kelishuvi 2016-yilda imzolanmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
11:00 / 28.05.2025