Ikki g‘ildirakli haydovchisiz Cyclotron elektromobili
Kanadalik muhandis-mexanik va Bombardier kompaniyasining rahbari Charlz Bombarde o‘zining haydovchisiz elektron avtomobil kontseptini tuzdi. U «Taxt» filmidagi Tron Light Cycle hamda o‘zini muvozanatda tutib tura oladigan Lit Motors'ning ikki g‘ildirakli C1 elektromobilidan ilhom oldi va unga Cyclotron deb nom berdi. Kanadaliklarning loyihasi vertikal barqarorlik kontseptini ko‘taruvchi giroskop tizimiga asoslanadi. Noyob moslamali g‘ildirak mashinaning ikki yo‘nalishda harakat qiluvchi qobiliyatiga javob beradi. Elektrodvigatel ikkala g‘ildirakni qishda yaxshi harakatlanishi uchun yordam beradi. Energiyani tejash uchun to‘liq drayv rejimini o‘chirish ko‘zda tutilgan. Cyclotron simsiz yo‘l bilan quvvat oladi.
Elektrokar ikkita yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Ular uchun kabinada isitish tizimili ikkita sozlanuvchi o‘rindiq, shovqin kamaytiruvchi tizim va kishilarga mustaqil tarzda borish kerak bo‘lgan hududni belgilashga yordam beruvchi haydovchisiz texnologiya mavjud. Kapalak qanotini yodga soluvchi eshiklar tepaga ochiladi. Muhandis shu tariqa parkovka vaqti joylarni tejashni va qo‘shni mashinalardagi qo‘pol yo‘lovchilarning mashinadan tushayotganda yoki chiqayotganda tasodifiy zarar yetkazish holatini kamaytirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, ikki kishilik Cyclotron mototsiklining kichik hajmda ekanligi yo‘llardagi tiqilinch holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
14:59 / 09.11.2024
Shaharchani butunlay vayron qilgan halokat: Kanadada Fransiya harbiy kemasi qanday portlagandi?
23:30 / 07.11.2024
Kanada TikTokʼdan mamlakatdagi bo‘linmasini yopishni talab qildi
16:11 / 22.10.2024