Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 16 kishi "Layonrok" to‘foni tufayli halok bo‘ldi
Shu haftada Yaponiyaning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlariga bostirib kelgan to‘fon natijasida qurbonlar soni 16 kishiga yetdi. Bu haqida NHK telekanali ma'lum qildi.
Qurbonlarning aksariyati Ivate prefekturasida qayd etilgan, ulardan 9 nafari Ivaidzumi shahrida qariyalar uyida yashagan. Ularning jasadlari o‘tgan chorshanba kuni qutqaruvchilar tomonidan topilgan.
Joriy hafta boshida Xonsyu orolining shimoli-sharqida hamda Xokkaydo shimoliy orolida to‘fon suv toshqini va to‘g‘onning yorilishiga olib kelgan. Yuzlab uylar chiroqsiz qolgan. Shuningdek 100dan ortiq aviareyslar bekor qilingan.
Avgust oyining o‘rtasida Yaponiyaga "Mindul" to‘foni kelgan bo‘lib, buning natijasida 1 kishi halok bo‘lgan va 60 nafardan ortiq kishi jarohat olgan. O‘shanda yarim million aholiga evakuatsiya qilish tavsiya qilingandi.
Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismiga yangi tropik bo‘ron yaqinlashmoqda. Meteorologlarning prognoziga ko‘ra, u dushanba kuni ertalab Kyusyu oroliga yetib keladi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025