Jamiyat | 03:40 / 04.09.2016
10974
1 daqiqa o‘qiladi

Tinch okeanidagi yangi baliq turi Obama deb ataldi

Gavayi orollaridagi Bishop Museum muzeyi olimlari Tinch okeanidagi Papaxanaumokuakea dengiz qo‘riqxonasining kengaytirilishi uchun AQSh prezidenti Barak Obamaga antiqa yo‘l bilan minnatdorchilik bildirdilar.

Olimlar Tinch okeanida topilgan yangi baliq turini Obama sharafiga atashdi. 

Baliqlar Gavayi orollarining shimoliy qismidagi Kure marjonqoyalarida aniqlandi. Gap tilla-pushti rang baliqlar haqida ketmoqda.

Obamaning o‘zi bu unga katta sharaf ekanligini aytgan. 

Papaxanaumokuakea qo‘riqxonasi dunyodagi eng katta tabiat qo‘riqhonasiga aylanishi mumkin. Uning hududi 1,5 mln kvadrat kilometrin tashkil qiladi.

 

Mavzuga oid