Jamiyat | 11:04 / 07.09.2016
6128
1 daqiqa o‘qiladi

Misrdagi YTH 22 nafar kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Misrdagi yirik YTH qurbonlari soni 22 kishiga ko‘paydi. Bu haqida "Al-Balad" portali xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Qohiraning janubi-g‘arbidagi Al-Farafra va Bahariya vohalari o‘rtasidagi trassada mikroavobus qarama-qarshi tomondan kelayotgan pikap bilan to‘qnashib ketgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati - qishloq xo‘jaligi ishchilari. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fojiaga mashinalardan biridagi haydovchi tomonidan tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgan. 

Misr yo‘llardagi avtohalokatlar bo‘yicha arab mamlakatlari orasida 16-o‘rin va dunyoda 109-o‘rinni egallagan. O‘tgan yili yo‘l-transport hodisalari 6,2 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 19,3 ming kishining turli jarohat olishiga olib keldi. 
 

Mavzuga oid