Jamiyat | 13:54 / 09.09.2016
5288
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi kanatda 100dan ortiq kishi tun bo‘yi qolib ketdi

Fransiyada dengiz sathidan 3 ming metrdan ortiq balandlikdagi dor yo‘lida ko‘plab odamlar ertalabgacha qolib ketdi. Bu haqida TJ xabar berdi. 

8 sentabr mahalliy vaqt bilan soat 17:30da texnik sabablarga ko‘ra, Monblan tog‘ hududidagi Panoramic Mont Blanc dor yo‘li harakati to‘xtab qoldi. 

65 kishi vertolyotlar yordamida evakuatsiya qilindi, biroq ob-havo sharoiti tufayli qutqaruv operatsiyasini to‘xtatib turishga to‘g‘ri keldi. Qutqaruvchilar dor yo‘lidagi kabinkalarda qolib ketgan odamlarga adyol va yeguliklar yetkazib berishdi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid