Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi yonib ketgan bosmaxonada ishlagan qirg‘izistonliklarga ish haqi to‘landi
Bugun 9 sentabrda Moskvadagi yong‘in sodir bo‘lgan bosmaxonada ishlagan qirg‘izistonliklarga ish haqi to‘landi. Bu haqida Qirg‘izistonning Davlat migratsiya xizmati xabar berdi.
Halok bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari oilalariga «Pechatnyy ekspress» bosmaxonasi rahbariyati tomonidan alohida kompensatsiya to‘lash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni Moskvadagi bosmaxonada yirik yong‘in sodir bo‘lgan. Buning natijasida u yerda faoliyat olib borgan 14 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan. Ish beruvchi ularning noqonuniy ishga joylashtirganligini tan olgan.