Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
1 soat davom etgan yong‘in bino tomining 80 kv.m. maydonini egalladi.
Xorazm viloyati, Urganch shahridagi Markaziy Bank binosida 22 may kuni yong‘in sodir bo‘ldi.
FVB xabariga ko‘ra, yong‘in 1 soat davom etdi va taxminan 80 kv.m. maydonni egalladi.
«22 may kuni soat 17:16 da Urganch shahri, Tinchlik ko‘chasida joylashgan Markaziy Bank binosining tom qismi taxminan 80 kv.m. maydonida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar tushdi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:20 da voqea joyiga yetib bordi. Yong‘in soat 17-38 da qurshab olindi va 18:18 da to‘liq o‘chirildi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid

19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

19:54 / 23.05.2025