Iqtisodiyot | 20:06 / 12.09.2016
8289
1 daqiqa o‘qiladi

OPeK jahonda neftga bo‘lgan talab borasida prognozini o‘zgartirdi

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPeKning yangilangan prognoziga ko‘ra, 2016 yili jahonning neftga bo‘lgan bir sutkalik talabi 94,27 mln barrelni tashkil etadi. 

Qayd etilishicha, prognoz sutkasiga 10 ming barrelga orttirilgan hamda 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 1,23 mln barrelga ko‘pni tashkil etgan. 

Shu bilan birga, OPeK, tashkilot mamlakatlari neftiga bo‘lgan talab bir kunda 500 ming barrelga kamayib, 2016 yilda bu ko‘rsatkich bir sutkada 56,32 mln barrelni tashkil etishidan ogohlantirgan. 

Hisobotga binoan, OPeKka a'zo bo‘lmagan davlatlar 2017 yilda kuniga 200 ming barrel ko‘proq neft qazib oladi va jami 56,52 mln barrelni tashkil etadi. 

Mavzuga oid