Sport | 09:13 / 13.09.2016
11571
2 daqiqa o‘qiladi

Paralimpiya o‘yinlari. O‘zbekiston vakillari yana 2ta bronza medal olishdi

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkita bronza medali kelib tushdi. 

Suzuvchilar jamoasi O‘zbekiston delegatsiyasiga yana bir medal taqdim etdi. Dmitriy Xorlin 400 metrga erkin uslubda suzish bo‘yicha saralashdan o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. U ilk metrlardanoq kuchli uchlikda bordi va finishga 3-o‘rinda yetib keldi. U masofani 4:06.63 vaqtda bosib o‘tdi. Bu yo‘nalishda oltin va kumush medallar belaruslik Ixar Boki va ukrainalik Yaroslav Denisenkoga nasib etdi.

Pauerlifting bo‘yicha 80 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ahror Bozorov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U dastlabki ikki urinishda 195 va 200 kilo shtangani ko‘tara olmadi. Shunga qaramay, u uchinchi urinishda 207 kg.ga buyurtma berdi va uni ko‘tarishga muvaffaq bo‘lib uchinchi o‘rinni egalladi. Eronlik Farzin Majid 240 kg. shtangani ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin xitoylik Siofey Guga nasib etdi.

Ayni damda umumiy reytingda 9-o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi hisobida 6ta oltin, 4ta kumush va 13ta bronza medali mavjud.

Mavzuga oid