Toshkent shahrining sobiq hokimi Jizzax shahriga rahbar bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentabrda joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Hukumat rahbari Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari chog‘ida Jizzax shahri, Paxtakor, Zafarobod, va Do‘stlik tumanlariga borgan. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish, paxta hosilini yig‘ib olish va yig‘im-terim mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev, Jizzax shahri xalq deputatlari sessiyasida ishtirok etgan. Unda, tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘z vazifasini bajarishda nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun shahar hokimi Asror Qobilov o‘z vazifasidan ozod etilgan.
Jizzax shahri xalq deputatlari Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan, avvalroq Toshkent shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Abduqahhor To‘xtayevni Jizzax shahar hokimi vazifasiga tasdiqlashgan.
Shu kuni boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan. Xususan, mehnat faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois, Jizzax viloyati prokurori Shuhrat Akbarov hamda qator tuman hokimlari lavozimidan ozod etilgan.
Jizzax viloyati rahbariyati oldiga mavjud kamchiliklarga barham berish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi dolzarb vazifalar aniqlab olingan.
Manba: Uzreport.uz
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024