Sport | 11:18 / 17.09.2016
7746
1 daqiqa o‘qiladi

PSJ mehmonda “Kan” darvozasiga javobsiz oltita gol kiritdi

Fransiya chempionatining 5-turida amaldagi chempion PSJ “Kan” mehmoni bo‘ldi. Avvalgi turlarda durang o‘ynab, ko‘pchilikni hayratini oshirgan PSJ bu turga kelib o‘zini ko‘rsatdi.

Unai Emeri shogirdlari “Kan” darvozasini javobsiz olti marotaba ishg‘ol qildi. Uchrashuv Edinson Kavani “benefise”ga aylandi. Urugvaylik hujumchi uchrashuvda to‘rt marotaba gol urib, pokerga erishdi.

Fransiya chempionati 5-tur

“Kan” – PSJ – 0:6

Gollar: Kavani, 12, 23 (pen), 38, 45+1, Lukas Moura 67, Ogusten 78.

Ogohlantirishlar: Ben-Yussef 22 – Kimpembe 60.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid