Jamiyat | 09:02 / 18.09.2016
12737
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda sud zalida zo‘ravon prokuror yordamchisiga hamla qilib qoldi

AQShning Lansing shahrida sudlanayotgan zo‘ravon sud zalida prokuror yordamchisiga hamla qilib qoldi. Ushbu holat tasvirlangan lavhalar internetda chop etildi.

Videoda ko‘rinishicha, jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan 35 yoshli Joshua Xarding qo‘lida pichoq bilan prokuror yordamchisi Jonatan Rotga zarba bermoqchi bo‘lgan, biroq huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Ma'lum qilinishicha, sudlanuvchi sud zaliga to‘g‘ri turmadan olib kelingan. U sudga kirishda turmada qilinadigandek metall qidirgich orqali o‘tmagan.

Ushbu voqeadan keyin politsiya suddagi xavfsizlik muammosini qayta ko‘rib chiqmoqchi.

Mavzuga oid