Jahon | 22:27 / 20.09.2016
7083
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi muhojirlar va musulmonlarni ta'qib qilmaslikka chaqirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun dunyoning barcha siyosatchilarini muhojirlar va musulmonlarni ta'qib qilishdan voz kechishga chaqirdi.

"Qochqinlar va muhojirlar borgan sari ko‘proq zo‘ravonlikka duch kelmoqdalar. Ayniqsa musulmonlar shubhalar nishoniga aylanmoqdalar. Siyosiy yetakchi va nomzodlarga aytadigan gapim, sizga ovoz qo‘shishingizni aytadigan, odamlarni ajratib va qo‘rquvni ko‘paytiradigan xavfli va orsiz siyosiy hisob-kitoblar bilan shug‘ullanmang", deb aytdi Pan Gi Mun BMT Bosh assambleyasida. 

"Dunyo yolg‘on va haqiqatning buzib ko‘rsatilishiga qarshi turishi, tahqirlashning barcha ko‘rinishlarini rad etishi kerak", deb qo‘shimcha qildi bosh kotib.

 

Mavzuga oid