Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada BMTning insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan konvoyi o‘qqa tutildi
BMT ma'lum qildiki, Suriyaning Halab viloyati hududida tashkilotning insonparvarlik yuklari ortilgan yuk mashinalaridan iborat karvoni hujumga uchragan. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
BMT matbuot kotibi Stefan Duyarichning ma'lum qilishicha, konvoy 31ta avtomobildan iborat bo‘lgan, shulardan 18tasi hujumdan zarar ko‘rgan.
Uning qayd etishicha, konvoy olib ketayotgan yuklar Urm al-Kubra shahridagi 78 ming kishi uchun mo‘ljallangandi.
Bundan tashqari, Suriyadagi Qizil yarimoy (SARC) jamiyati binosi ham o‘qqa tutilgan.
19 sentabr kuni Suriya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish muddati tugaganini ma'lum qildi. Bunga terrorchilar tinchlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlash va hujumlarni davom ettirish maqsadida qurol-yarog‘ to‘plashda foydalangani sabab bo‘ldi.
Sulh tartibi 12 sentabr kuni amalga kirgan edi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025