Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikaning eng boy kishisi «Arsenal»ni sotib olmoqchi
Afrika qit'asining eng badavlat kishisi Aliko Dangote yaqin 4 yil ichida Londonning «Arsenal» jamoasining xo‘jayiniga aylanmoqchi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusi chog‘ida aytib o‘tgan.
«Men «Arsenal»ni shunchaki sotib olmoqchi emasman, jamoani sotib olib, yanada rivojlantirmoqchiman. Men o‘z biznesimni yaxshi yo‘lga qo‘yganman va o‘ylaymanki futbol jamoasini ham muvaffaqiyat bilan boshqara olaman», degan nigeriyalik milliarder.
Dangote Angliyada klub sotib olish rejasi haqida ilk marta o‘tgan yilda aytib o‘tgandi. U o‘z niyatiga erishsa, Angliya premer-ligasida jamoaga ega bo‘lgan ilk afrikalikka aylanadi.
2016 yilning fevralida London jamoasi aksionerlaridan biri bo‘lgan eronlik Farhod Moshiri «Arsenal»dagi ulushini Alisher Usmonovga sotdi va rossiyalik tadbirkorning ulushi 30,04 foizga yetdi. Jamoaning aksiyalari paketiga (67,05 foiz) amerikalik Sten Kronke egalik qiladi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025