Sport | 14:01
6470
25 daqiqa o‘qiladi

Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

Dam olish kunlarida Yevropa chempionatlarida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat. 

Foto: Robbie Jay Barratt/Getty Images

Angliya: YeChL uchun kurash avjida

APL 36-tur
«Sauthempton» – «Manchetser Siti» 0:0

«Sauthempton»: Ramsdeyl, Stivens, Hervud-Bellis, Bri, Velington (Menning, 88), Bednarek, Dauns, Fernandesh (Smollboun, 90+3), Ugochukvu (Aribo, 46), Sulemana (Styuart, 88), Dibling (Archer, 66)
«Manchetser Siti»: Ederson, Ruben Diash, Gvardiol, Akanji, Lyuis (O`Rayli, 76), Kovachich (Marmush, 84), De Bryuyne, Bernardu Silva, Makeyti (Doku, 46), Holand, Foden (Savio, 76)
Ogohlantirishlar: Ugochukvu, 43. Dauns, 56

«Manchester Siti» APLni allaqachon tark etib ulgurgan «Sauthempton»ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotib, barchani ajablantirdi. Xosep Gvardiola Marmushni zaxiradan tushirishga shoshilmadi, misrlik futbolchi esa ko‘proq vaqtga ega bo‘lganida o‘yinni qutqarib qolishi mumkin edi, asosiy vaqt yakuniga 6 daqiqa qolganida maydonga tushgan futbolchi o‘yinni jonlantirdi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida u yo‘llagan zarba darvoza to‘sinini titratdi. Muhim ochkolarni yo‘qotgan «shaharliklar» nafaqat uchinchi o‘rinni, balki YeChLga yo‘llanma beruvchi kuchli beshlikdagi o‘rinni ham xavf ostida qoldirdi.

«Bornmut» – «Aston Villa» 0:1
Gol:
Uotkins 45+6.
«Bornmut»: Kepa, Smit (Bruks 70), Zabarniy (Arauxo 78), Heysen, Kerkez (Jyebbsion 88), Skott (Kyuvert 46 ), Adams (Senesi 76), Taverniye, Kuk, Semenio, Evanilson.
«Aston Villa»: Martines, Kesh, Konsa, Mings (Torres 70), Din, Onana, Kamara, Rodjyers (Matsen 89), Asensio (Makgin 70), Remzi, Uotkins.
Ogohlantirishlar: Skott, 27. Smit, 45. Zabarniy, 78. Heysen, 83 – Asensio, 28. Martines, 45. Remsi, 45. Konsa, 90
Chetlatish: Remzi 80.

«Aston Villa» esa o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatadigan «Bornmut»ni safarda mag‘lubiyatga uchratib, o‘zidan talab etiladigan ishni bajardi. Bu mavsumda jamoa to‘purari Uotkins yettinchi marta Rodjyersning assisti orqali gol urdi. APLning joriy mavsumida bundan ko‘ra sermahsul juftlik «Nyukasl»dagi Myorfi va Isak tandemi hisoblanadi (8 gol). Bu g‘alabadan keyin Unai Emeri ochkolar soni bo‘yicha «Nyukasl» va «Chelsi»ga yetib oldi. Lekin birminghemliklarning taqvimi qiyinroq, jamoa so‘nggi turlarni «Tottenhem» va «MYu»ga qarshi o‘tkazadi. Bu ikki o‘yinda g‘alaba qozonilgan taqdirda, «Villa» turnirning 20 jamoadan iborat formatidagi o‘zi uchun rekord darajada 69 ochko jamg‘arishi mumkin.

«Nyukasl» — «Chelsi» 2:0
Gollar:
Tonali (2), Gimarayes (90+1). 
«Nyukasl» — Poup, Sher, Botman (Mayli, 55), Bern, Livramento, Merfi, Gimaraes (Longstaff, 90+4), Tonali, Barns, Gordon (Kraft, 65), Isak (Uilson, 90+4). 
«Chelsi» — Sanches, Kaysedo, Koluill, Chaloba (Sancho, 75), Kukurelya, Laviya (Gyusto, 75), Fernandes, Netu, Palmer, Madueke (Jyeyms, 46), Jyekson. 
Ogohlantirishlar: Fernandes (45+6), Sher (53), Merfi (64), Gimaraes (85), Kraft (89), Koluill (90+3). 
Chetlatish: Jyekson (36).

«Chelsi» «Sent-Jyeyms Park» o‘yingohid qatorasiga to‘rtinchi bor mag‘lub bo‘ldi, o‘yin avvalboshdanoq Enso Mareska ssenariysi bo‘yicha kechmadi. Tonali tezkor gol urdi, 35-daqiqada esa ko‘klar ozchilik bo‘lib qolishdi. Bu tom ma’noda yo‘q joydan ro‘y berdi, bu vaziyatda mehmonlar hujumga o‘tgandi, ammo Jyekson Botmanga tirsak bilan zarba berib yubordi. Avvaliga arbitr unga sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalangandi, ammo VAR uni monitor qarshisiga taklif qildi va kartochkaning rangi qizilga o‘zgardi.

«Qarg‘alar» shusiz ham ustunlik qilayotgandi va bu epizod amalda o‘yindagi intrigaga barham berdi. Bu g‘alabadan keyin Eddi Hau uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va o‘zining eng shonli davrlaridagi ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. «Nyukasl»da 2002/03 yillar mavsumidan buyon bir chempionat doirasida yigirmatadan ortiq g‘alaba bo‘lmagandi, bir turnir doirasidagi ikki o‘yinda ham «Chelsi» mag‘lub etilishi — oxirgi marta 38 yil oldin kuzatilgan. YeChL yo‘llanmasini kafolatlash uchun endi «qarg‘alar» qolgan ikki o‘yindan birida g‘alaba qozonishi kifoya — «Arsenal»ga qarshi safarda yoki uyda «Everton» bilan o‘yinda.

«Chelsi»ning vaziyati esa og‘irlashdi, endilikda Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi beshinchi pog‘onada turgan jamoa eng yaqin ta’qibchisi «Aston Villa»ni faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirmoqda. Londonliklar «Nottinghem»ni oldinga o‘tkazib yuborishi ham mumkin edi, ammo mavsum yakuniga kelib charchab qolgan «o‘rmonchilar» yakshanba kuni ligani allaqachon tark etib bo‘lgan «Lester» bilan o‘yindagi ikki to‘p farqidan foydalana olmadi (2:2) va endi «Chelsi»dan bir ochko kam to‘plagan holda yettinchi o‘rinda kelmoqda. Aftidan, barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladi, oxirgi turda ko‘klar Nottinghemda mehmon bo‘ladi. Lekin undan oldin uyda «MYu» bilan o‘yinda ham uch ochko olish kerak bo‘ladi.

«Liverpul» — «Arsenal» 2:2
Gollar:
Gakpo (20), Dias (21) — Martinelli (47), Merino (71).
«Liverpul» — Alisson, Bredli (Aleksander-Arnold, 67), Konate, van Deyk, Roberson, Gravenberh (Elliot, 83), Jons (Nunes, 67), Saloh, Soboslai, Gakpo (Mak Allister, 66), Dias (Jota, 79).
«Arsenal» — Rayya, Uayt (Kalafiori, 78), Saliba, Kivyor, Lyuis-Skelli, Edegor, Parti, Merino, Saka (Zinchenko, 88), Martinelli, Trossar (Tirni, 78). 
Ogohlantirishlar: Merino (34), Lyuis-Skelli (43), Bredli (60).
Chetlatish: Merino (79).

Bir necha oy oldin bu jamoalar to‘qnashuvi titul uchun hal qiluvchi jangga aylangan bo‘lardi, hozir esa shunchaki ikki nomdor jamoaning uchrashuvi bo‘lib qoldi. Allaqachon chempionlikni rasmiylashtirib bo‘lgan «Liverpul» uchun «Enfild»da yutqazmaslik muhim edi, londonliklar esa hali YeChL yo‘llanmasini kafolatlagani yo‘q, qolaversa, Arteta shogirdlari kuchli oltilik jamoalariga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyani imkon qadar saqlab qolmoqchi.

O‘yinning dastlabki qismida mehmonlar katta ustunlikka erishdi, ammo avvaliga standart vaziyat ijro etilganida Saka deyarli yakkama-yakka vaziyatda aniq zarba bera olmadi, biroz o‘tib londonliklar raqib jarima maydoni ichida bosim uyushtirib to‘pni olib qo‘yganida Trossar va Parti to‘pni bir-biriga ishonib qoldi va vaziyat yo‘qqa chiqdi. Shundan keyin mezbonlar o‘z so‘zini aytishdi va raqib himoyasidagi xatolardan foydalanib ketishdi. Avvaliga autdan to‘p uzatilganda Gakpo ildamroq harakat qilib hisobni ochdi, bir daqiqa o‘tib Diash goldan hali o‘ziga kelmagan mehmonlarni yana bir jazoladi.

Odatda tanaffusga qadar 2:0 hisobi — Liverpulda qizillarning raqiblari uchun hukm o‘qilishi bo‘ladi. «Enfild»da mezbonlar birinchi bo‘limdan shunday hisob yuzaga kelgan qatorasiga 36 o‘yinda ustunlikni boy bermagan. Lekin «kanonirlar» bu an’anani buzishdi. Avvaliga Gabriel Martinelli tanaffusdan keyinoq hisobni qisqartirdi — u Angliyada eng ko‘p golini (12 o‘yinda 6 gol va 2 assist) aynan «Liverpul» darvozasiga urgan. Keyin esa Merino to‘purarlik salohiyatini yana bir bor namoyish etdi. Bu vaziyatda asosiy ishni jamoa sardori Edegor bajardi, uning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasini Alisson amallab to‘singa yo‘naltirdi, ammo maydonga qaytgan to‘pini ispaniyalik futbolchi boshda darvoza to‘riga kiritib yubordi.

Lekin Merino o‘yinni oxirigacha yetkazib qo‘yolmadi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni qolganlardan ertaroq tark etdi. Shundan keyin mehmonlar bor e’tiborini hisobni ushlab qolishga qaratdi va buni uddaladi. Darvozabon Rayya esa o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda van Deykning bosh bilan yo‘llagan xavfli zarbasini qaytarib qolib, bunga katta hissa qo‘shdi. Londonliklar «Liverpul»ga 1136 kundan buyon yutqazmayapti.

Ispaniya: «Betis» YeChLdan quruq qolishi mumkin

La liga, 35-tur
«Atletiko» – «Real Sosiyedad» 4:0
Gollar:
Syorlot (7, 10, 11, 30).
«Atletiko»: Oblak. Ximenes. Galan. Le Norman. de Paul (Gallaxer, 74). Koke. Barrios (Molina, 55). Liorente. Syorlot (Korrea, 74). Lino (Lemar, 68). Simeone (Grizmann, 68)
«Real Sosiyedad»: Remiro. Elustondo. Lopes. Aramburu. Xon Martin. Subimendi (Olasagasti, 73). Kubo (Subeldiya, 46). Suchich (Turrentes, 61). Marin. Barrenechea (Gomes, 54). Oyyarsabal (Mareskurrena, 46)
Ogohlantirish: Barrenechea, 54

Madriddagi o‘yin Syorlotning benefisiga aylanib ketdi. Norvegiyalik futbolchi raqib jarima maydoni hududida tepgan to‘p golga aylanaverdi va u o‘z tezkorligi bilan ispaniyalik statistikachilarni mehnat qilishga majbur etdi. Skandinaviyalik o‘z het-trigi uchun 3 daqiqayu 57 soniya sarfladi, bu esa la ligada so‘nggi o‘ttiz yillikdagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. 1995 yilda mashhur braziliyalik Bebeto ham shunday ritmda ketma-ket uchta gol urgandi. O‘yinning dastlabki yarim soati ichida qayd etilgan poker esa — Ispaniya chempionati tarixidagi ikkinchi shunday holatdir. Birinchisi uzoq 1941 yilda — «Valensiya» futbolchisi Mundo ijrosida qayd etilgan. Ajablanarlisi, o‘shanda ham jabrlanuvchi jamoa «Real Sosiyedad» bo‘lgan.

«Atletik» – «Alaves» 1:0
Gol:
Sanches 71 (avt)
«Atletik»: Simon, De Markos, Vivian, Alvares, Berchiche, Gallaretta, Xauragesar, Olabarreta (Gomes 56), Jalo (Guruzeta 55), Kanales (Sanches 76), Sannadi.
«Alaves»: Sivera, Mourinio, Garses, Diarra, Sanches, Blanko (Martin 77), Visente, Guridi (Kabanes 87), Gevara, Martines, Aleniya (Pretsoni 87).
Ogohlantirishlar: Jalo, 33 – Gevara, 90

Klasiko kuni Ispaniyada yana ikki muhim o‘yin bo‘lib o‘tdi, Bilbao va Sevilyaning yashil-oq qismi YeChL yo‘llanmasi uchun muhim o‘yinlarini o‘tkazdi. Yaqin vaqtlargacha to‘rtinchi o‘rinni hech kimga bermaydigandek ko‘ringan «Atletik» so‘nggi vaqtlarda sustlashgan va ta’qibchilarini o‘ziga ancha yaqinlashtirib yuborgandi va shanba kuni «Vilyarreal» «Jirona»ga so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urib (1:0), ochkolar soni bo‘yicha basklarga yetib oldi. Yakshanba kungi o‘yinda esa Ernesto Valverde bir amallab «Alaves»ni taslim etdi, mezbonlar uchun hal qiluvchi avtogol Sansetning sa’y-harakatlaridan keyin urildi. Ushbu futbolchi mavsum yakuniga qadar safdan chiqqani aytilgandi, ammo Yevropa ligasida «MYu»ga qarshi o‘yinlarda yo‘qligi sezilgan «Atletik» yetakchisi bu o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va amalda o‘yinni hal qildi.

«Betis» – «Osasuna» 1:1
Gollar:
Kucho 64 – Budimir 75.
«Betis»: Adrian. Bartra. Natan. Perro. Villiam Karvalyu (Pablo Fornals, 57). Altimira (Kardozo, 79). Lo Selso (Isko, 46). Azzalzuliy (P. Garsiya, 80). Ernandes. Ruibal. Rodriges (Antoni, 56)
«Osasuna»: Errera. Katena. Krus. Areso (Barxa, 89). Boyomo. Ibanes (Munos, 79). Saragosa (Arnais, 89). Torro. Oros. R. Garsiya (Penya, 57). Budimir (Raul Garsiya, 79).
Ogohlantirishlar: Perro, 23. Altimira, 77. Antoni, 90 - Katena, 9. Budimir, 45

Bu g‘alabadan keyin «Atletik» yana beshinchi o‘rindan uch ochkolik farqni yuzaga keltirdi, turning oxirgi o‘yini natijasi esa turnir jadvalidagi vaziyatni bilbaoliklar uchun maksimal darajada qulaylashtirdi. Ikki frontda kurash olib borib, toliqib qolgan «Betis» «Osasuna»ga qarshi o‘yinda g‘alabali hisobni qo‘ldan boy berdi. Endi bu jamoa qolgan uch turda to‘rtinchi o‘rin bilan olti ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishi amrimahol. Beshinchi o‘rindagi «Vilyarreal» ham uch ochkolik farq bilan ilgarilab ketgan va bu ustunlikni berib qo‘yishi dargumon. Manuel Pellegrini jamoasi uchun yilning asosiy o‘yini endi Konferensiyalar ligasi finalida «Chelsi»ga qarshi kechadigan o‘yin bo‘ladi.

Italiya: «Roma» uchun sovg‘a va «Jyenoa»dan syurpriz

A Seriya 36-tur
«Latsio» — «Yuventus» 1:1.
Gollar: 
Vesino 90+6 — Kolo Muani 51. 
«Latsio»: Mandas. Pellegrini. Romanioli. Xila. Rovella (Vesino, 65). Dele-Bashiru (Pedro, 53). Genduziy. Dzakkani. Marushich (Latssari, 65). Kastelyanos. Isaksen (Dia, 53)
«Yuventus»: Di Gregorio. Koshta (Duglas Luis, 79). Veyga. Kalyulyu. Savona. Lokatelli. Makkenni. Tyuram. Gonsales (Konseysau, 46, Vlaxovich, 86). Kolo Muani (Adjich, 76, Gatti, 86). Vea
Ogohlantirishlar: Kastelyanos, 69. Pellegrini, 80. Vesino, 90. Genduzi, 90. Dzakkani, 90 - Tyuram, 21. Savona, 28. Lokatelli, 55. Makkenni, 90
Chetlatish: Kalulu 60

Juma kuni «Bolonya» «Milan»dan mag‘lub bo‘lgach (1:3), Rimdagi o‘yinning ahamiyati yanada oshib ketdi. O‘yin avvaliga «Yuventus» ssenariysi bo‘yicha kechib, Kolo Muani hisobni ochdi. Mandas fransuzning boshda yo‘llagan zarbasiga yetishga ulgurdi, ammo to‘p baribir uning qo‘lidan sirg‘alib, to‘rga borib tushdi. Ko‘p o‘tmay Kalulu maydondan chetlatildi va «keksa sinioralar» murakkab ahvolda qoldi. Turinliklar bir kishi kam holatda yarim soat chidab turishdi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisi o‘tayotganida Di Gregorioning aql bovar qilmas seyvidan keyin to‘p baribir Vesinoning oyog‘iga borib tushdi. Urugvaylik futbolchi — bu mavsumda ligada 90-daqiqadan keyin ikki bor gol urgan yagona yarimhimoyachiga aylandi. Paradoks shundaki, uning ikkinchi goli ko‘proq Rimning sariq-qizil qismidagi muxlislarni xursand qiladi. Agar «Roma» dushanba kuni Bergamoda «Atalanta»ni yenga olsa, Klaudio Raniyeri jamoasi to‘rtinchi o‘ringa ko‘tariladi.

«Torino» — «Inter» 0:2
Gollar:
Zalevski (14), Aslani (50, penalti).
«Torino» — Milinkovich-Savich, Dembele (Persiun, 63), Maripan, Masina, Biragi, Richchi (Ilich, 81), Gineytis (Kazadey, 63), Lazaro (Kachchiamani, 81), Elmaz, Vlashich, Adams.
«Inter» — Martines, Bissek (Dumfris, 46), de Vrey, Bastoni (Acherbi, 80), Darmian, Aslani, Zalevski (Chalxono‘g‘li, 62), Augusto (Dimarko, 46), Zelinski (Barella, 62), Torimiy, Korrea. 
Ogohlantirishlar: Augusto (25), Bissek (43), Milinkovich-Savich (48), Zalevski (56).

O‘tgan turdagidan farqli ravishda bu safar skudetto uchun poygada «Inter» birinchi bo‘lib o‘z o‘yinini o‘yinini o‘tkazdi, «Barselona»ga qarshi YeChL yarimfinalidagi epik jangdan keyin neradzurrilar ikkinchi tarkibni tushirdi. Ammo shuning o‘zi yetarli bo‘lib chiqdi, milanliklar safida ijara asosida o‘ynayotgan va jamoa transferini «Roma»dan sotib olmoqchi bo‘layotgan Zalevski esa ajoyib aylanma zarbasi bilan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Torimiy ham shedevr gol urishi mumkin edi, ammo uning qaychi uslubida yo‘llagan zarbasini Vani Milinkovich-Savich yo‘qqa chiqardi.

Lekin eronlik forvard ko‘p o‘tmay serbiyalik posbondan revansh olib, uni jarima maydoni ichida o‘ziga nisbatan qo‘pollik qilishga majbur etdi, belgilangan penaltini esa Aslani aniq ijro etdi. Simone Indzagi A seriyada ikki xil jamoa bilan yuzta g‘alabaga erishgan murabbiyga aylandi — «Latsio» (108) va «Inter» (100). Turnir tarixida bunday ko‘rsatkich faqat afsonaviy Nils Lidholm tomonidan qayd etilgan, u Rim va Milanning boshqa jamoalari bilan yuzdan oshiq g‘alabalarga erishgan — «Roma» (135) va «Milan» (102).

«Napoli» – «Jyenoa» 2:2
Gollar:
Lukaku 15, Raspadori 61 – Meret 32 (avtogol), Vaskes 84.
«Napoli»: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Olivera, Spinatsola, Angissa, Lobotka (Gilmur 14), Maktominey, Politano (Neres 89), Raspadori (Billing 80), Lukaku.
«Jyenoa»: Sigrist, Otoa (Bani 69), Sabelli (Zanoli 78), Vaskes, Ahanor (Veturino 78), Masini, Frendrup, Norton-Kaffi, Messias (Martin 59), Vitiniya (Kassa 69), Pinamonti.
Ogohlantirishlar: Billing, 90 – Vaskes, 45. Vitinya, 58

Neapoldagi o‘yin boshlangunicha «Inter» Antonio Konte jamoasiga yetib oldi. Barchasi neapolitanliklarning o‘z qo‘lida edi, turnir jadvalining o‘n uchinchi pog‘onasida joylashgan raqib jamoada hech qanday motivatsiya ham yo‘q edi, ammo «Jyenoa» skudetto uchun intriga qizishi uchun barcha ishni qildi. O‘yinning 13-daqiqasidayoq «Napoli» uchun muhim futbolchi bo‘lgan Lobotka jarohat olib safdan chiqishi jamoa uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lgandi.

Biroz o‘tib Maktominayning ajoyib pasidan keyin Lukaku hisobni ochdi va barchasi joyiga tushgandek bo‘ldi. Ammo mutlaqo kutilmaganda mehmonlar tashabbusni qo‘lga olishdi. Raqiblar ketma-ket vaziyatlarga ega bo‘lishdi, Pinamontining zarbasidan keyin to‘p to‘singa bordi. «Grifonlar»ning 17 yoshli himoyachisi Axonor hujumga o‘tganida esa hisob tenglashdi, uning zarbasidan keyin Meret yaqin burchakka kelgan to‘pni ushlab qololmadi.

Ikkinchi bo‘limda Makotminayning yana bir golli pasidan keyin Raspadori mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo bu gol g‘alaba goli bo‘lib qolmadi, mehmonlarning boshqa bir himoyachisi Vaskes o‘yin oxirlariga borib yana hisobni tenglashtirdi. «Napoli» hamon peshqadam, ammo endi ta’qibchi bilan oradagi farq atigi ochkoni tashkil etmoqda. Oldinda — favoritlar uchun bosh og‘riq bo‘la oladigan «Parma»ga qarshi safar o‘yini kutmoqda. «Inter» ham bir haftadan keyin «Latsio»ga qarshi o‘ta qiyin o‘yin o‘tkazadi.

Germaniya: Keynda ilk sovrin

Bundesliga. 33-tur
«Bavariya» — «Borussiya M» 2:0
Gollar:
Keyn 31, Olise 90.
«Bavariya»: Noyyer, Dayyer, Pavlovich (Stanishich, 62), Laymer, Gereyru (Paliniya, 83), Kimmix, Goretska, Olise, Myuller (Gnabri 84), Koman(Sane 63'), Keyn (Vidovich 90).
«Borussiya M»: Omlin, Layner, Elvedi (Skalli, 45), Kiarodia, Ulrix, Vaygl, Onora (Chvanchara 77), Rayts N(oyxaus 84), Zender (Plea 76), Xak (Shtyoger 76'), Klyandinst.
Ogohlantirishlar: Olise, 90 - Vaygl, 50

Shanba kuni Myunxenda kumush tovoq topshirish va Tomas Myullerni kuzatish marosimi o‘tkazildi. Fanatlar tajribali forvardning faoliyatidagi asosiy lahzalar muhrlangan ajoyib performans tayyorlashdi va unga «Bavariya» tizimida o‘tkazilgan 25 yil uchun minnatdorchilik bildirishdi. Klub Myullerga uning barcha sovrinlari aks etgan ulkan fotoni sovg‘a qildi, uning maydonga tushishi esa Germaniya tarixidagi eng yaxshi jamoa safidagi 750-uchrashuvga aylandi. Kecha qahramoni maydonni 84-daqiqada olqishlar ostida tark etdi. Bu vaqtga kelib mezbonlar faqat bitta gol urishgandi — Olisening o‘z uslubidagi zarbasidan keyin to‘p Keynning boshiga tekkan holda darvoza to‘riga borib tushgandi. Fransuz futbolchisining o‘zi ham so‘nggi daqiqalarda Sanening pasidan keyin gol urib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

«Bayyer» — «Borussiya» D 2:4
Gollar:
Frimpong (31), Hofmann (90+2) — Brandt (33), Ryuerson (43), Adeyyemi (73), Girassi (77).
«Bayyer» — Gradetski, Tapsoba, Ta, Inkapie (Artur, 78), Frimpong, Andrix (Palasios, 67), Jaka (Garsiya, 78), Grimaldo, Virts, Adli (Shik, 59), Tella (Hofmann, 59).
«Borussiya» D — Kobel, Zyule, Anton, Bensebayni, Ryuerson (Koutu, 87), Gross (O‘zjan, 82), Nmecha (Zabitser, 46), Svensson, Brandt (Gittens, 87), Adeyyemi (Jan, 74), Girassi. 
Ogohlantirishlar: Gross (23), Nmecha (45+2),

Leverkuzen ham Habi Alonso bilan xayrlashdi. Ushbu mutaxassis «Bayyer»ga klub tarixidagi ilk chempionlik titulini taqdim etdi, endi esa «Real» boshqaruviga yo‘l oladi. Ammo «Borussiya» mezbonlarning ko‘ngliga qarab o‘tira olmasdi, dortmundliklarga Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda har bir ochko suv va havodek zarur. Niko Kovach jamoasi hozircha beshinchi o‘rinda va to‘rtinchi o‘rindagi «Frayburg»dan bir ochkoga ortda qolmoqda. Ammo bu vaziyatda bir nyuans bor. «Asalarilar» raqobatchisi yakuniy turni «Ayntraxt»ga qarshi o‘tkazadi, frankfurtliklar yakshanba kuni uchinchi o‘rinni kafolatlab qo‘yishi mumkin edi, ammo «Sankt-Pauli» bilan durang o‘ynadi (2:2).

«Ayntraxt» – «Sankt Pauli» 2:2
Gollar:
Kristensen 1, Batshuayi 71 – Saliakas 4, Gilavogi 16.
«Ayntraxt»: Trapp, Kristensen, Kox, Tuta (Uzun 61), Teate, Skiri (Chaibi 69), Larsen, Braun, Knauff, Baxoya (Batshuayi 46), Ekitike.
«Sankt Pauli»: Vol, Nemet, Val, Ritska, Saliakas, Buxalifa, Smit, Treu (Jvigala 59), Sinani, Gilavogi (Metkalfe 84), Afolayan (Vesshaupt 76).
Ogohlantirishlar: Teat, 84. Kristensen, 90 – Smit, 78. Foll, 90

Endi keyingi shanba kuni durang ham qoniqtiradigan «burgutlar»da motivatsiya darajasi oshib ketdi. Chunki ular so‘nggi turda «Frayburg»ga yutqazib qo‘ysa, uchinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa qulashi mumkin, «Borussiya» esa ligani allaqachon ark etib bo‘lgan «Holshtayn»ni imkon qadar yirik hisobda mag‘lub etishi kerak bo‘ladi. Ochkolar teng kelgan holatda birinchi navbatda to‘plar nisbatiga qaraladi. Hozirda «Ayntraxt»da bu roppa-rosa «plyus 20». Dortmundda — «plyus 17». Brandt, Adeyyemi va Girassi kabi futbolchilar yuqori sport formasida bo‘lgan sharoitda buni uddalash qiyin emas. Gvineyalik hujumchi bundesligadagi so‘nggi 100 o‘yinida 63 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu rekordchi Roy Makaynikidan atigi bitta kam. Shunday ekan, sariq-qoralarda YeChL yo‘llanmasi uchun imkoniyat yomon emas. Muhimi — jamoaning o‘zi xato qilmasligi.

 

Mavzuga oid