Jamiyat | 11:08 / 23.09.2016
14702
1 daqiqa o‘qiladi

U uyida giyohvand o‘simliklar yetishtirish orqali daromad qilayotgan edi, biroq...

Jizzaxlik Erkin Zaripov va Ravshan Oqilovlar o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan jinoiy qilmishlari sabab qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

E.Zaripov giyohvand o‘simliklarni yetishtirib, moddiy manfaatdor bo‘lishni maqsad qiladi. U yetishtirgan “mahsuloti”ning 1,54 grammini tanishi R.Oqilovga qoramollari uchun kunjaraga almashtiradi. Ravshan esa o‘z navbatida foydani ko‘zlab, qo‘lidagi “giyoh”ni notanish kimsaga pullaydi.

Oradan bir necha kun o‘tib Ravshan Erkindan 3,36 gramm “marixuana” o‘simligini sotib olib, yana notanish kishiga o‘tkazishni rejalashtiradi. Ammo bu safar savdo amalga oshmadi. Ular jinoyat ustida qo‘lga olinishdi.

E.Zaripov va R.Oqilov sodir etgan jinoyatlari uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid