Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Xyuston shahridagi otishmada kamida olti kishi yaralandi
AQShning Xyuston shahridagi otishmada kamida olti kishi yaralandi, deb xabar bermoqda KTRK.
Ma'lum qilinishicha, politsiya shahar janubi-g‘arbidagi supermarket yonida turgan avtomobilda otishma uyushtirgan merganni o‘ldirgan.
Xyuston shahri yong‘in xavfsizligidagilarning ma'lum qilishlaricha, yaralangan olti nafar kishi yaqin oradagi shifoxonaga olib ketilgan.
Politsiyaning xabar berishicha, tergov ishlari vaqtida yaqin ko‘chalardagi harakatlar to‘xtatilgan. Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra esa shubhali avtomobilni tekshirish uchun sapyorlar guruhi chaqirilgan.
Xabarlarga ko‘ra, o‘t ochgan shaxs afroamerikalik bo‘lib, revolver bilan qurollangan. Politsiyaning tasdiqlashicha, jinoyat sabablari aniq emas.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025