Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziyaga qaytsa hibsga olinadi
Gruziya IIVning bayonot berishicha, respublikaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vataniga qaytishga urinib ko‘rgudek bo‘lsa, zudlik bilan hibsga olinadi. IIV rahbari Georgiy Mgebrishvilining jurnalistlarga xotirlatishicha, Saakashvili bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha qidiruvda. Shu munosabat bilan Gruziya politsiyasi uni mamlakatga kirib kelishi bilan qo‘lga oladi.
Ayni vaqtda, Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori bo‘lib ishlayotgan Saakashvili Gruziya parlamenti uchun 8 oktabr kuni bo‘lib o‘tajak saylovlar natijasi e'lon qilinishi bilan Gruziyaga qaytishini ma'lum qilgan edi.
Gruziya parlament saylovlarida Saakashvilining "Yagona milliy harakat" partiyasi qatnashmoqda. Bundan tashqari, uning rafiqasi Sandra Rulofs deputatlik uchun kurashmoqda. Gruziyaning sobiq prezidenti saylovlarga oz muddat qolganida Turkiyada saylov shtabini tuzmoqchi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
20:37 / 27.05.2025