Jahon | 14:21 / 27.09.2016
5269
1 daqiqa o‘qiladi

Drezdenda masjid va konferents-markaz oldida portlashlar sodir bo‘ldi

Germaniyaning Drezden shahrida 27 sentabrga o‘tar kechasi 2 marta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, portlashlar masjid va konferents-markaz oldida sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Ayni vaqtda shaharning barcha masjidlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Drezden shahri politsiyasi boshlig‘i Xorst Krettsshmarning aytishicha, bu hujumlarga hasadgo‘ylik sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid