Iqtisodiyot | 14:26 / 27.09.2016
6117
2 daqiqa o‘qiladi

Lenovo kompaniyasi Motorola Mobility xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

Lenovo butun dunyo bo‘ylab 55 ming xodimidan 2 foizdan kamrog‘ini ishdan bo‘shatmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Bu haqida The Verge nashri xabar berdi. Kompaniya smartfonlarning global bozorida munosib raqobat olib borish uchun shu yo‘l bilan o‘zining tashkiliy tuzilmasini tartibga soladi va mahsulot assortimentini optimallashtiradi. 

Xitoy kompaniyasi Motorola Mobility'ning Chikagodagi shtab-kvartirasini saqlab qolishga va'da bergan bo‘lishiga qaramay, Techcrunch.com'da "Motorola faoliyatiga sanoqli kunlar qolgani"ni ta'kidlashmoqda. 

"RAZR V3 telefonini yaratgan Motorola endi yo‘q. Chikagodagi shtab-kvartirada uning bo‘sh xonalarigina qoldi, xolos", - deyiladi  Techcrunch.com'da.

Amerikaning afsonaviy Motorola kompaniyasiga 1928 yilning 25 sentabrida asos solingan. O‘sha paytda Galvin Manufacturing nomini olgan oilaviy kompaniya aka-ukalar Pol va Jozef Galvinlar tomonidan yaratilgan. Motorola nomi esa 30-yillarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya ishlanmalari orasida - 1956 yilda ishlab chiqarilgan dunyodagi birinchi peyjyer va 1983 yilning 6 martida paydo bo‘lgan Motorola DynaTAC 8000X ilk tijorat uyali telefonini e'tirof etish lozim. 

2011 yilda kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatdi va ikki qismga ajraldi - Motorola Solutions va Motorola Mobility. Shu yilning o‘zidayoq Motorola Mobility 12,5 milliard dollarga Google tomonidan xarid qilindi. 

2014 yilda Lenovo "mehr-muruvvat korporatsiyasi"da Motorola Mobility'ni 2,91 milliard dollarga sotib oldi va u sho‘'ba korxonaga aylantirildi. Keyinchalik Lenovo kompaniyasi smartfon rusumi sifatida Motorola nomidan voz kechdi. 

Mavzuga oid