Jahon | 18:08 / 27.09.2016
5809
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Turkiya hamkorlikning uch yillik dasturini ishlab chiqadi

Rasmiy Moskva va Anqara uch yillik muddatga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlikni tiklashga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Bu haqda, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Anqaradagi Atilim universitetida qilgan chiqishida so‘z yuritgan. 

«RF va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 30 mlrd dollardan oshib ketdi. Bundan tashqari, bilvosita savdo hajmi 15 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan 7 oylik inqiroz davri bizlarning iqtisodiy hamkorligimizga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Hozirda, 2016—2019 yillarga mo‘ljallangan maxsus choralar dasturi ustida ish olib borilayapti. U tadbirkorlar uchun o‘ziga xos “yo‘l xaritasi” bo‘lishi lozim va bir-bir yarim yillarda avvalgi darajaga chiqish va keyinchalik undan o‘tib ketishga imkon berishi kerak», — deya Karlov so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti agentligi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid