Fan-texnika | 16:56 / 30.09.2016
6527
2 daqiqa o‘qiladi

Pokemon GO dasturchilari Gaaga sudi oldida javob beradi

Niderlandiya hukumati Pokemon GO dasturchilariga qarshi da'vo ishi ochishdi. Bunga qo‘riqlanuvchi hududlarda cho‘ntak maxluqlari oviga kirishgan olomon sabab bo‘lgan. 

Gap har kuni noyob va qimmatbaho pokemonlar paydo bo‘luvchi Kijkduin sohillari haqida bormoqda. Hukumat vakillari minglab kishilarning qumtepaliklarga ziyon yetkazishidan xavotirga tushishmoqda. 

Niderlandiya hukumati o‘yin dasturchilarining tungi soat 23:00dan ertalabki soat 7:00gacha sohillardan cho‘ntak maxluqlarini yo‘q qilishni talab qilmoqda. Ular avgust oyidan beri Niantic kompaniyasi bilan aloqaga chiqishga urinishmoqda, biroq bunga javob olishmadi. Natijada faqat sudga murojaat qilish qoldi. The Guardian nashri ma'lumotiga ko‘ra, mazkur ish joriy yilning 11 oktabrida Gaaga sudida ko‘rib chiqiladi. 

Hukumat o‘yin dasturchilariga u qadar keskin talab qo‘ymadi, ular tungi vaqtda sohilga kirilmasa, bu Pokemon GO o‘yinchilari uchun munosib joyligicha qolishini ta'kidlashgan. 

O‘z navbatida franshizaga litsenziya beruvchi The Pokemon Company'ning ma'lum qilishicha, Niantic ba'zi hududlardan pokemonlarni olib chiqish hamda muayyan obektlarni pokestoplar ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi murojaatlar bilan tanishib chiqqan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid