Jahon | 22:00 / 19.07.2019
5596
1 daqiqa o‘qiladi

Kosovo bosh vaziri iste'foga ketdi 

Kosovo bosh vaziri Ramush Xaradinay iste'foga ketishini e'lon qildi. U bunday qarorni sud oldida javob berishi zarurligi sababli qabul qilgan. 

Siyosatchi Facebook’da Gaaga sudi uni gumonlanuvchi sifatida so‘roqqa chaqirtirganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, u “bosh vazir va davlat sha'nini saqlab qolish uchun” lavozimidan ketmoqda.

Sud Serbiyadan mustaqil bo‘lish uchun urushgan Kosovo ozodlik armiyasining (KOA)  harakatlarini tergov qilmoqda. Xaradinay 1990-yillarda KOA shtabi boshlig‘i bo‘lgan. 2008 yilda sobiq Yugoslaviyadagi jinoyatlar bo‘yicha xalqaro tribunal Xaradinayni qotilliklar, nomusga tegishlar va serblarni tahqirlash ayblovlari bo‘yicha oqlagan. 2010 yilda ushbu qaror bekor qilingan, biroq 2012 yilda Xaradinay yana oqlangan.

2017 yilda Kosovo bosh vaziri Fransiyada Serbiya tomonidan 2004 yilda berilgan orderga asosan hibsga olingan.  

Mavzuga oid