Sport | 18:56 / 01.10.2016
6116
2 daqiqa o‘qiladi

“Liverpul” “Suonsi”dan ustun keldi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

“Liverpul”  jamoasi Angliya Premer-ligasining 7-turida safarda “Suonsi”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida “Suonsi” jamoasi Leroy Ferning goli evaziga hisobda oldinga olib chiqdi, - 1:0. Bu gol birinchi bo‘limda o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limni “Liverpul” ancha faol boshladi. “Suonsi” jarima maydonchasi yonida qator vaziyatlarni yaratdi. 54-daqiqaga kelganda Roberto Firmino muvozanatni tikladi, - 1:1. 84-daqiqaga kelganda “Liverpul” hisobda oldinga chiqib oldi. Jyeyms Milner o‘sha vaqtda penaltidan “Suonsi” darvozasini ishg‘ol qildi hamda “qizillar”ni hisobda oldinga olib chiqdi, - 1:2. Qolgan vaqt davomida ikkala jamoa ham gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi. Shunday qilib, “Liverpul” chempionatning qatorasiga to‘rtinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 16taga yetkazib oldi.

Angliya Premer-ligasi.  7-tur

“Suonsi Siti” (Suonsi) – “Liverpul” (Liverpul) – 1:2

Gollar: Fer, 8 (1:0); Firmino, 54 (1:1); Milner, 84 (1:2, pen).

Ogohlantirishlar: Kork, 38; Britton, 53 – Xenderson, 25; Starrij, 39.

Mavzuga oid