Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya yetakchisi KXDR xalqini janubga qochishga chaqirdi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe KXDR aholisi va harbiylarini vatanlarini tark etib, Janubga qochishga oshkora da'vat etdi. U Koreya Respublikasi Qurolli kuchlarining 68 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan anjumanda shunday bayonot bergan, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.
"Biz Shimoliy Koreya aholisi o‘z orzu-niyatlariga yetishishi uchun yo‘l ochamiz. Biz sizlarning istalgan vaqtda ozod Koreya Respublikasiga yo‘l olishingizni xohlardik", — degan Pak Kin Xe KXDR xalqiga murojaat qilar ekan.
Shu bilan bir vaqtda, u rasmiy Pxenyan hukumatini tanqid qilib, KXDRning har qanday fitnasiga munosib javob berish bilan tahdid qildi.
"Shimoliy Koreya hatto bizning fuqarolarimizga qarshi atom bombasini qo‘llash bilan tahdid qilmoqda, yadro qurollarining aniqligini va mittiligini kuchaytirish yo‘lida ishni davom ettirayapti. Yangi yadro sinovlari va raketa fitnalaridan voz kechishni istamayapti", — degan Pak Kin Xe.
"Ammo, Shimoliya Koreya fitnaga yo‘l qo‘ygudek bo‘lsa, zudlik bilan munosib javob qaytarish zarurki, ular o‘z qilmishlarining jazosi qanday bo‘lishini bilib qo‘yishsin", — deya qayd etgan Janubiy Koreya yetakchisi.
Ayni vaqtda, Pak Kin Xening aytishicha, janubiy koreys jamiyatida ichki buzilishga yo‘l qo‘ymaslik zarur, chunki bu "Shimolning yadro qurolidan ham dahshatliroqdir".
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025