Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Yaponiya atom sohasida hamkorlik qilishi mumkin
Hindiston va Yaponiya hukumatlari yil oxirigacha tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashi mumkin. Bitim, hind hukumati rahbari Narendra Modining Tokioga safari chog‘ida tasdiqlanishi ehtimol, deb yozmoqda Hindu nashri hukumatdagi manbalariga tayangan holda.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening o‘tgan yili Dehliga tashrifi chog‘ida mazkur sohada anglashuv memorandumi imzolagan bo‘lsa-da, to‘liq shartnoma hozirgacha imzolanganicha yo‘q.
Hindu nashriga ko‘ra, bitim imzolash uchun tayyor, bu marosim shu yilning oxirigacha Modining Yaponiyaga uyushtirajak safari davomida amalga oshirilishi mumkin. Yaponiya parlamenti shartnomani kelasi yil boshida tasdiqlasa, Hindistonda ikkita AES loyihasini barpo etish uchun huquqiy poydevor yaratiladi. AESlarni Amerika-Yaponiya GE Hitachi Nuclear Energy qo‘shma korxonasi va Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasiga qarashli Westinghouse kompaniyalari tomonidan barpo etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
15:50 / 25.05.2025