Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook onlayn-do‘konlarga raqobatchi ilova yaratdi
Facebook xodimlari Marketplace ilovasini ishlab chiqarayotganlari haqida ma'lum qilishdi. U, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga o‘zaro mahsulotlarni xarid qilish va sotish imkonini beradi, deb yozmoqda The Verge.
Loyiha rahbari Bouen Pan ta'kidlashicha, shundog‘am Facebook tarmog‘ida 450 mln odam oyiga nimadir xarid qiladi yoki sotadi. Marketplace esa bu jarayonni ancha soddalashtiradi.
Mobil qurilmalardagi Facebook ilovasining Messenger tugmasining o‘rnini tez orada Marketplace egallaydi. Bu Facebook ilovasining yangi funksiyalariga kirish imkonini beradi.
Yangi ilovada foydalanuvchilardan xizmat haqi olish ko‘zda tutilmagan. Bu esa, Marketplace ilovasini eBay va Amazon kabi internet saydo maydonlaridan ustunligini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ilova mijoz uchun mahsulotlarni avtomatik ravishda tanlab, maxsus sahifada namoyish etadi. Xaridorlar, sotuvchining ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, joyi va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarni ko‘ra oladi.
Shu bilan birga, Facebook mahsulot sifati, aldov, o‘g‘rilik, bitim muddatiga amal qilmaslik yoki yetkazib berish bo‘yicha muammolar uchun mas'uliyatni zimmasiga olmaydi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning ko‘proq vaqtini ilovada o‘tkazishi va shu orqali ko‘proq reklama ko‘rishlaridan bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025