Jamiyat | 17:11 / 06.10.2016
14670
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda transport vositasini olib qochganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilanishi mumkin

Bugun deputatlar yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilishmoqda. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 267-moddasiga qo‘shimcha kiritish nazarda tutilgan.

"Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 3 yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan. Shu bois, transport vositasini olib qochish jinoyati uchun jazoning sodir etilgan qilmishga mutanosibligini ta'minlash, jinoyat qonunchiligining ogohlantiruvchi-profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda", deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi Sherzod To‘xtashev.

Qonun loyihasiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha (amalda – 3-5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha (amalda – 5-10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 15 yildan 20 yilgacha (amalda – 10-15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda.

Manba: parliament.gov.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid