Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter aksiyalari bahosi 9 foizga tushdi
Nyu-York fond birjasida Twitter mikrobloglarining servis aksiyalari 9 foizga tushib, bir aksiya bahosi 22,58 dollarni tashkil qildi. Bu haqida birja ma'lumotlariga asoslanib, "Gazeta.ru" nashri xabar berdi.
Salesforce, Microsoft va Verizon kompaniyalari Twitter xaridiga qiziqish bildirishgan. Bloomberg'ning qayd qilishicha, ijtimoiy tarmoqning bahosi 16,7 milliard dollarni tashkil etadi.
Bundan avval Reuters agentligi Twitter mikrobloglari servisi sotuviga doir muzokaralar 2016 yilning oktabrida nihoyasiga yetishi haqida xabar bergandi. Ijtimoiy tarmoq rahbariyati o‘zining salohiyatli xaridorlariga muzokaralarni 27 oktabrga qadar tugallashi haqida ma'lum qilgan. Bu vaqtgacha kompaniya uchinchi chorak uchun hisobotini chop etadi.
Mavzuga oid
13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi
18:16 / 13.02.2025