Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik kishi Polshada bobosi tomonidan chizilgan xaritadagi xazinani topdi
Polshaning janubi-g‘arbidagi Lyubomej shahri burgomistri Veslav Julkovskiyning jurnalistlarga xabar qilishicha, hamburglik oila xaritadagi xazinani topish uchun bu yerga tashrif buyurgan. Taxmin qilingan qidiruv joyi xaritada ko‘rsatilgan bo‘lib, u 64 yil avval qo‘lda chizilgan.
Xorijliklar mahalliy xonadondan kurak so‘rab murojaat qilishgan.
"Noma'lum kimsalar yerni kovlashni boshlaganida, bizning qo‘shnilar darhol shovqin ko‘tarib, politsiyani chaqirishdi. Hudud tezda qurshab olindi", deya Julkovskiyning so‘zlarini keltirgan TJournal.
Germaniyaliklarning aytishicha, ularning bobosi Lyubomejda yashagan va bu yerga xazina ko‘mib ketgan. Biroq ishni davom ettirish uchun ular ruxsat olishni kutishlariga to‘g‘ri keldi.
Kovlash ishlari politsiya nazorati ostida o‘tkazildi. Chet elliklar 1935 yilning kumush tamakidoni, tilla soat, uzuk, tumor va tangalar berkitilgan ikki bankani topishga muvaffaq bo‘lishdi.
Topilgan xazina shahar hokimiyati seyfiga solib qo‘yildi. Ularni ekspertlar tekshirib bo‘lgach, shahar muzeyga qo‘yiladi. Sababi, Polsha qonunlariga muvofiq, mamlakat hududida topilgan barcha xazinalar mamlakat g‘aznasiga tegishlidir.
Mavzuga oid
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
00:37 / 31.03.2025