Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan ayol qilmishidan pushaymon bo‘ldi
Farg‘onada tug‘ilib o‘sgan, oilali, uch nafar farzandning onasi Noila Turobova (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) ko‘pdan buyon yakka tartibdagi tadbirkor sifatida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelar, shu ish ortidan daromad topib, ro‘zg‘ori kamchiliklarini to‘ldirardi. Biroq bora-bora savdoning belgilangan qonun-qoidalariga, tartib-tamoyillariga amal qilishni unutdi. Oqibatda sudning qora kursisiga o‘tirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Dastlab respublikamizda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar bilan savdo qilib, rizqini topib yurgan ayol keyinchalik nafsining gapiga kirib, noqonuniy ishga qo‘l uradi. Tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslarning aldovlariga uchgan Noila qo‘shni respublikalardan noqonuniy yo‘llar bilan O‘zbekiston hududiga olib kelingan kiyim-kechaklarni sotishni maqsad qiladi.
N.To‘robova so‘nggi bor 17 mln. 272 ming so‘mlik to‘rt xildagi erkaklar kiyim-kechaklarini Toshkent hududiga olib kelayotgan vaqtda “Bektemir” YPX maskanida huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Sud unga nisbatan jarima jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025