Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Yunnan kompartiyasi sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
Xitoyning Yunnan provinsiya kompartiyasining sobiq kotibi Bay Enpay katta hajmda pora olganlikda aybdor, deb topildi va ijrosi ikki yil muddatga belgilangan o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Xenan provinsiyasi Anyan shahar sudi qaroriga ko‘ra, Enpay siyosiy huquqlardan ham mahrum qilingan, uning mol-mulki esa musodara qilinadi. Bu haqida Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, pora hajmi 46 million yuanga (taxminan 37 million dollar) baholangan.
Ta'kidlanishicha, o‘lim jazosi ijrosini keyinga qoldirish oliy jazodan shartli ravishda (bu davr mobaynida aybdor yangi jinoyatlarga qo‘l urmaslik sharti bilan) ozod qilishni bildiradi.
Anyan sudi qaroriga muvofiq, Enpayu ishining qayta ko‘rib chiqilishi davomida o‘lim jazosi (muddatidan avval ozod qilish huquqisiz) umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirilishi mumkin.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
11:53 / 22.05.2025