Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina MDH tarkibidan chiqish masalasini o‘rganmoqda
Kiyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi a'zoligini to‘xtatish masalasi ustida ishlamoqda, deb aytdi Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin "112 Ukraina" telekanali efirida.
Ukrainada 2014 fevralda rahbariyat o‘zgargandan keyin mamlakatning yangi rahbariyati MDH ishida ishtirok etishdan voz kechish istagini bildirgan. Keyinroq Kiyev MDH ijroiya qo‘mitasidan o‘zining vakili Anatoliy Dronni chaqirtirib olgan.
"Biz MDHdan chiqish masalasini o‘rganmoqdamiz. Bizda diplomlarni o‘zaro tan olish, pensiyalar to‘lash bo‘yicha bir necha o‘nlab kelishuvlar bor. Biz hozir bu kelishuvlarni tartibga solishga imkon beradigan ishni yakunlamoqdamiz. Men MDHdan bosqichma-bosqich chiqish tarafdoriman", deb aytdi Klimkin.
2015 yil aprelda Klimkin Ukrainaning MDHdan chiqishining maqsadga muvofiqligini aytgan. Uning aytishicha, Kiyev MDH tadbirlarida "unga nimadir kerak bo‘lgandagina" ishtirok etmoqda.
Belarus prezidenti Ukrainaning MDHda chiqishini kutish dargumonligini, biroq u tashkilotning umumiy byudjyetini moliyalashtirishni to‘xtatib, de-fakto undagi ishtirokini yakunlayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025