Jahon | 10:24 / 11.10.2016
5420
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda «Mettyu» tufayli halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yaqinlashdi

«Mettyu» dovuli tufayli AQShning janubi-sharqiy shtatlarida qurbon bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda NBC News telekanalida xabar berildi.

Tabiiy ofat 5ta shtatga ta'sir ko‘rsatgan. Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida 3 nafardan, Virjiniyada 1 kishi, Shimoliy Karolinada 11 kishi dovul qurboniga aylangan. Eng katta talofat esa Floridada kuzatilgan - 12 kishi.

Jorjiyada 124 ming kishi elektr ta'minotisiz qolmoqda. Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyli prezident Barak Obamadan 13 okrugda yordamga muhtojlik holati e'lon qilishni so‘ragan.

10 oktabr kuni Obama Shimoliy Karolinaning 31ta okrugida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.

«Mettyu» Karib havzasida keyingi 10 yil ichida yuzaga kelgan eng yirik, Safir-Simpson shkalasi bo‘yicha eng yuqori darajani (beshinchi) qayd etgan dovul bo‘ldi. Avvaliga soatiga 230 kilometr tezlikda harakat qilgan bo‘ron AQSh hududiga kirgacha sur'atini pasaytirdi.

Mavzuga oid