Jahon | 08:53 / 11.10.2016
5143
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi o‘lim jazosiga qarshi chiqdi

Foto: © RIA

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 10 oktabrda terrorchilik bilan bog‘liq jazolar uchun 65 ta davlatda amalda qolayotgan o‘lim jazosi amaliyotiga qarshi chiqdi.

"21 asrda o‘lim jazosiga o‘rin yo‘q. To‘la huquqli va samarali aksilterrorchilik choralari xavfsizlik sohasidagi barcha operatsiyalar kabi inson huquqlarini hurmat qilish va qonun ustuvorligiga asoslanishi kerak", deyildi BMT bosh kotibining O‘lim jazosiga qarshi butunjahon kuniga bag‘ishlangan bayonotida.     

Pan Gi Mun terrorchilik uchun sudlanganlar aksariyat hollarda harbiylar va maxsus sudlar tomonidan o‘tkaziladigan adolatsiz va shoshqaloq taftishlardan so‘ng qatl qilinishga mahkum qilinishlarini ta'kidlab o‘tdi. 

Uning aytishicha, terrorchilarni qatl qilish ularning izdoshlari tomonidan tashviqot maqsadlarida ishlatiladi. Pan Gi Mun terrorchilikka qarshi qatl qilish yordamida kurashish mumkin deb hisoblovchi odamlarning bu fikrlarini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.

BMT bosh kotibi barchani istalgan vaziyat va joyda qatl etishni kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga chaqirdi.

 

Mavzuga oid