Jahon | 20:52 / 13.10.2016
11057
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand qiroli vorisni 14 yil oldin tayinlab qo‘ygan edi

Foto: rappler.com

Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ochaning ma'lum qilishicha, 2002 yildayoq mamlakat taxti valiahdi ma'lum bo‘lgandi. Bugun vafot etgan qirol Pxumipon Adulyadet o‘z o‘g‘li Maxa Vachiralongkornni vorisi etib tayinlagandi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq qabul qilingan.

«Biz, hukumat a'zolari qonun bo‘yicha navbatdagi qadamni tashlaymiz», — deya uning so‘zlarini keltirgan The Independent nashri.

Tailand bosh vaziri hukumat parlamentni qirolning valiahdi kim bo‘lishi haqida ogohlantirgani haqida ma'lum qilgan.

Qayd etish kerakki, Maxa Vachiralongkorn 70 yillik boshqaruvdan keyin bugun 88 yoshida vafot etgan qirolning yagona o‘g‘li hisoblanadi.

Mavzuga oid