Jahon | 15:51 / 14.10.2016
12091
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Nigeriya prezidentining turmush o‘rtog‘i eriga ultimatum qo‘ydi
Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriyning turmush o‘rtog‘i Oysha Buxoriy davlat rahbari hukumat tarkibini o‘zgartirmasa, keyingi saylovlarda erini qo‘llab-quvvatlamasligini aytib ogohlantirdi. Bu haqida VVS xabar berdi.
U "mamlakat hukumatining amaldorlarni tayyorlash ortida turgan kishilar qurshovida qolgan"i to‘g‘risida fikr bildirdi.
"Prezident vazirlar mahkamasiga tayinlangan 50 kishidan 45 nafarini yaxshi bilmaydi, men ham ularni tanimayman", - deydi Oysha Buxoriy.
Muhammad Buxoriy o‘tgan yili Nigeriya prezidenti lavozimiga qayta saylangan. U o‘zining saylov oldi kampaniyasida mamlakatdagi korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikka qarshi kurashishga va'da bergan.
Mavzuga oid
15:12 / 26.10.2024
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 181 kishi halok bo‘ldi
14:10 / 26.10.2024
Nigeriyada bir haftada 140 nafar terrorchi va qurolli to‘da a’zolari yo‘q qilindi
23:30 / 29.09.2024
Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi
08:00 / 16.09.2024