Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh YuNeSKOning Quddus shahri bo‘yicha qaroriga o‘z qarashini bildirdi
AQSh BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilotining Quddus shahriga nisbatan so‘nggi rezolyutsiyasini "o‘ta siyosiy tus berilgan va aksilisroil" hamda samarasiz deb hisoblamoqda. AQSh davlat departamenti matbuot xizmati vakili Mark Toner Isroilning YuNeSKO bilan ishchi aloqalarni muzlatish qaroriga izohida shunday bayonot bergan.
"Biz bu rezolyutsiyaga faol qarshi chiqdik. Biz Isroil va bizni qo‘llagan boshqa davlatlar bilan YuNeSKO a'zolarini bu rezolyutsiyani qabul qilishdan qaytarishga urindik, - degan Toner. – Biz Isroilning shu kabi rezolyutsiyalar borasida jiddiy tashvishini izhor qilish huquqini e'tirof etamiz. Bu rezolyutsiyalar juda siyosiylashgan va aksilisroil hisoblanadi".
Tonerning qayd etishicha, AQSh YuNeSKO a'zosi sifatida "bu kabi aksilisroil rezolyutsiyalar qabul qilinmasligi yoki ularni to‘sib qo‘yishga urinishda davom etadi". Uning fikricha, "bu kabi hujjatlar isroil-falastin mojarosini hal etishga to‘sqinlik qiladi".
Avvalroq, 14 oktabr kuni Isroil hukumati YuNeSKO tashkiloti bilan barcha amaliy aloqalarni muzlatishga qaror qilgan edi. Bunga, tashkilotning Quddus maqomini ta'minlash borasida o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan Isroil davlati tanqid qilingan hujjat loyihasi ma'qullanishi sabab bo‘ldi.
Misr va Falastin davlati tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya tashkilot Ijroiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, unda Isroil davlati "bosib olgan tomon" deya atalgan. Shuningdek, uning Quddus shahri tarixiy merosini saqlashdagi samarasiz yondashuvi tanqid qilingan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025