Light | 18:41 / 15.10.2016
155166
3 daqiqa o‘qiladi

Limonning biz bilgan va bilmagan foydali xususiyatlari

Barchaga ma'lumki, limon - ozuqa moddalari va vitaminlarning ajoyib manbai.

Limonning nordon va o‘tkir ta'mi insonni tetiklashtiradi va immunitetimizga turli viruslar hamda kasalliklar bilan kurashishga yordam beradi. Biroq ko‘pchilik bu mevaning foydali xususiyatlari haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas. Shunday ekan, sizlarga allwommen.ru'ning limon xususiyatlariga oid ma'lumotlari bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. 

Limon hidi nihoyatda tetiklashtiradi

U nafaqat ijobiy ta'sir qiladi, balki xavotir hamda tushkunlik hissi bilan kurashishga ham yordam beradi. 
Elita restoranlarining oldiga atayin limon daraxtlarini ekishadi, chunki ular mijozlarning bu yerda o‘zini qulay va xavfsiz his qilishida katta rol o‘ynaydi. 

Limon hidi hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi!

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, limon bosh terisini yaxshi tozalaydi. 

Limon teri bilan bog‘liq muammolar - dog‘lar, izlar va husnbuzarlarni bartaraf etishda juda foydali. 

Limonni ikkiga bo‘ling va uni terining muammoli joylariga surting. 

Shuningdek, bu meva tanamizning "qaysar" qismlari - tirsak va tizzalarni tozalashda ham qo‘l keladi. 

Bu mahsulotdan tirnoqlarni oqartirish, og‘iz bo‘shlig‘idagi hidni yaxshilash va oyoqlardagi og‘riqni davolashda foydalanish mumkin. 

Limon artrit, oshqozon-ichak kasalliklari va revmatizm kabi ko‘plab kasalliklarni osonlikcha davolashi mumkin.
Har kuni limon suvidan ichib turing!

Shuningdek limon vabo va bezgak kabi kasalliklardan saqlashi mumkin. 

Bularning barchasiga sabab - limonning tabiiy qon tozalovchi vosita ekanligidadir!

Limonni kundalik iste'mol qilish qarish belgilarini bartaraf etadi. 

Bu mahsulot S, A, Ye vitaminlari, xrom, kaliy, magniy va temirga boy. 

Limondan "tabiiy tetiklashtiruvchi" vosita sifatida foydalaning. 

Limonni shunchaki ikkiga bo‘lib, yotoqxonada qoldiring. 

Limon hidi o‘pka bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilib, doim toza havodan nafas olishga imkon beradi. 

Agar sizni astma, shamollash va allergiya bezovta qilsa, oddiygina limon hidi sizning tomog‘ingiz va yuqori nafas yo‘llaringizni tozalashga qodir!

Mavzuga oid